+998 95 085 77 87
Glina Skrab Disk 150 mm
HIT
Kattalashtirish

Glina Skrab Disk 150 mm

Artikul: Skrab
Mavjud
$8

≈ 95 200 so'm

1
Tez yetkazish
Original kafolat
Sifat kafolati

Glina Skrab Disk 150 mm

Glina skrab disk — avtomobil kuzovi va oynalaridagi oddiy yuvish vositalari bilan ketmaydigan yopishgan iflosliklarni tozalash uchun mo‘ljallangan detailing aksessuari.

Disk yuzadagi daraxt smolasi, bo‘yoq changi, suv dog‘lari, hasharot qoldiqlari, metall zarrachalari va boshqa mayda kontaminatsiyalarni olib tashlashga yordam beradi.

150 mm diametrli format katta yuzalarni tezroq ishlash imkonini beradi. Tozalashdan so‘ng lak-bo‘yoq qoplamasi silliqroq bo‘ladi va polirovka, mum yoki himoya qoplamalarini qo‘llashga yaxshiroq tayyorlanadi.

Qo‘llanilishi

  • Avtomobil kuzovini chuqur yuzaki tozalash
  • Oynalardagi yopishgan iflosliklarni olib tashlash
  • Bo‘yoq changi va smola qoldiqlarini tozalash
  • Polirovka oldidan yuzani tayyorlash
  • Mum, sealant yoki keramika qoplamasi oldidan decontaminatsiya

Qo‘llash usuli

  1. Avtomobilni avval yaxshilab yuvib, qum va asosiy kirlarni olib tashlang.
  2. Ishlanadigan yuzaga maxsus clay lubrikantini yetarli miqdorda seping.
  3. Diskni 150 mm mos backing plate'ga mahkamlang.
  4. Yuzani yengil bosim bilan ishlang.
  5. Disk va yuzani quruq qoldirmang — doimo nam holatda ishlating.
  6. Ish tugagach, yuzani toza mikrofibra bilan arting.
  7. Diskni suv bilan yaxshilab yuvib, quriting.

Muhim

  • Quruq yuzada ishlatmang.
  • Kuchli bosim bermang.
  • Avval kichik va ko‘rinmaydigan joyda sinov qilib ko‘ring.
  • Yuzani tozalashdan keyin polirovka qilishdan oldin lak qoplamasini tekshiring.
  • Matt bo‘yoq yoki matt plyonkada ishlatishdan oldin ishlab chiqaruvchi tavsiyasini tekshiring.

O'xshash mahsulotlar

$8

≈ 95 200 so'm